Joriy yilning 5-6 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM mutaxassislari Koreyaning ERG Inc., KITECH hamda Giant Chemical kompaniya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida kompaniyalarning faoliyati tog
risida tanishtiruv taqdimotlari bolib o
tdi. ERG, Inc., KITECH hamda Giant Chemical kompaniyalari tomonidan olib borilayotgan ishlar togrisidagi so
z yuritildi. Xususan:
-ERG, Inc., kompaniyasining yer osti suvlaridan noyob metallarni ajratib olishda amalga oshirgan va oshirayotgan loyihalari va ularning natijalari;
-KITECH tomonidan suvni chuchuklashtirish texnologiyasining Koreyada qo`llanilish tajribasi;
-Giant Chemical tomonidan suv namunalarini kimyoviy tahlil qilish uchun ishlatiladigan moddalari, laboratoriya reagentlarini ishlab chiqish tajribasi bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Comments are closed