Bugun Geologiya fanlari universitetida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasi tomonidan «Zamonaviy gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologik tadqiqotlarning ilmiy va innovatsion jihatlari» mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani o’tkazilmoqda.

  • Home
  • Yangiliklar
  • Bugun Geologiya fanlari universitetida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» davlat muassasasi tomonidan «Zamonaviy gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologik tadqiqotlarning ilmiy va innovatsion jihatlari» mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani o’tkazilmoqda.

Anjuman gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi hamda geoekologiya yo’nalishlaridagi zamonaviy dolzarb muammolar, tabiiy global o’zgarish va texnogen sharoitlarning gidrogeologik muhitga, jumladan yer osti suvlariga ta’siri, ularni xal etish yo’llari hamda ilmiy-tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirishni muhokama qilish, shuningdek, geologik muhitni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish haqida mutaxassislar bilan fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

Anjuman yalpi Majlis va quyidagi ustuvor yo’nalishlar doirasida o’z ishini olib bormoqda:

  • gidrogeologiya yo’nalishi aspektlari: yutuqlar, muammolar va ularni hal qilish yo’llari;
  • muhandislik geologiyasi yo’nalishi aspektlari: muhandis-geologik jarayonlarni baholash va ularni yuqori texnologik uskunalar va usullar asosida bashoratlash;
  • geoekologiya yo’nalishi aspektlari: muammolar holatini baholash va ularni hal etish yo’llari.

Comments are closed