Institut qquyidagilarni amalga oshiradi:
suv manbaalarini o’rganish va ulardan foydalanish;
gidromineral manbaalarini o’rganish va ulardan foydalanish;
meliorativ gidrogeologiya sohasida izlanishlar olib borish;
yer osti suvlarini monitoring qilish;
suv zahiralarining ifloslanishi va kamayish jarayonlarini o’rganish;
muhandislik geodinamikasi sohasidagi izlanishlar;
foydali qazilmalar konlarining gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlarini o‘rganish;
shaharlar va sanoat hududlarining ekologik sharoitlarini o’rganish;
yangi texnik vositalarni ishlab chiqish;
yer osti suvlarini qidirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan oqilona foydalanish;
chuchuk yer osti suvlari zahiralarini sun’iy ravishda to‘ldirish va ularni ifloslanishdan himoya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish;
gidromineral xom ashyoni qayta ishlash va ulardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish;
tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash;
topografik-geodeziya ishlarini olib borish va xaritalar chiqarish;
qurilish va kapital ta’mirlash;
yiridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatish;
qishloq xo’jaligi uchun o’g’itlar ishlab chiqarish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish;
mineral va ichimlik suvlarini quyish;
monografiyalar, to’plamlar, tavsiyalar, yo’riqnomalar, maqolalar, reklama maqolalari va boshqa nashrlarni chop etish;
O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning tashkilot, muassasa, korxona va idoralari bilan hamkorlik qilish;
doktorantura, aspirantura va daraja oluvchilik orqali ilmiy xodimlarni tayyorlash;
malaka oshirish kurslarida oqish;
o’quv bo’limlari filiallarini ochish va oliy o’quv yurtlari talabalarini tayyorlash.
Institut litsenziyalar asosida faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanishi mumkin