Nizom

«GIDROGEOLOGIYA VA INGENERLIK GEOLOGIYASI INSTITUTI» DAVLAT MUASSASASI USTAVI

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Ustav “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda – Institut) maqomi, maqsadi, vazifa va funksiyalari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 1.2. Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida zamonaviy geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4740-son qaroriga asosan qayta tashkil etilgan. Institut o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi Geologiya fanlari universiteti tarkibiga kiradi. Institut “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat korxonasining huquqiy vorisi hisoblanadi. 1.3. Institut Geologiya fanlari universiteti, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun tashkil etilgan muassasa hisoblanadi. 1.4. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Geologiya fanlari universiteti qarorlari, qo‘shma qarorlari, Hay’at qarorlari, va buyruqlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi. 1.5. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Institut mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, shu jumladan valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar, blanklar va boshqa rekvizitlarga ega. 1.6. Institut tarkibiga ilmiy-tadqiqot ishlarining ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib boruvchi bo‘limlar, sektorlar, laboratoriyalar, ilmiy loyihalarni amalga oshiruvchi guruhlar, yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar va uchastkalar kiradi. 1.7. Institutni moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Geologiya fanlari universiteti tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan, shuningdek qonun hujjatlari bilan takiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 1.8. Institutning joylashgan joyi (pochta manzili): 100164, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy. 1.9. Institutning rasmiy nomi: davlat tili, kirill alifbosida – “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi, qisqartirilgan nomi – “GIDROINGЕO instituti” DM; davlat tili, lotin alifbosida – “Gidrogeologiya va ingenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasi, qisqartirilgan nomi – “GIDROINGEO instituti” DM; rus tilida – Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Institut gidrogeologii i injenernoy geologii”, qisqartirilgan nomi – GU «Institut GIDROINGЕO»; ingliz tilida – State agency “Institute of hydrogeology and engineering geology”, qisqartirilgan nomi – “Institute of HYDROENGEO” SA.

2. Institutning asosiy maqsadi va vazifalari.

2.1. Institut faoliyatining asosiy maqsadi: – yer qa’rini gidrogeologik, injener-geologik va geoekologik o‘rganish bo‘yicha bo‘lgan vazifalarning samaradorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyanomalar ishlab-chiqarish maqsadida ilmiy-tekshirish, tematik va tajriba-uslubiy ishlarni kompleks o‘tkazish; – mintaqaviy tadqiqotlar va yer osti suvlari monitoringining ilmiy-uslubiyatli bazasini yuritish va ishlab chiqarish; – gidrogeologik, injener-geologik va geoekologik jarayonlarni modellashtirish va bashoratli tekshirish; – gidrogeologiya, injener-geologiyasi va geoekologiyada ilmiy-amaliy vazifalarni xal qilish uchun zamonaviy fanning keng qamrovli ilmiy usullari va texnologiyalarini (yerni masofadan zondlash (YEMZ) geografik-axborot tizimi GAT-texnologiyalari va hakozo) qo‘llash va takomillashtirish, ishlab chiqish; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish; – gidrogeologik, injener-geologik va geoekologik tadqiqotlar o‘tkazish; – gidrogeologik, injener-geologik va geoekologik tadqiqotlar bo‘yicha ko‘rsatmalar, talablar, uslubiy tavsiyalar va boshqa turdagi normativ hujjatlar ishlab chiqish; – xavfli geologik jarayonlarning, yer osti suvlarining jumladan, muhofazadagi tabiiy maydonlardagi suvlarning davlat kadastrlarini yuritish; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya masalalarini xal qilish uchun laboratoriya va texnologik ishlarini o‘tkazish; – tajriba-konstruktorlik ishlarini va maxsulotlar ishlab chiqarish hamda respublika iqtisodiyoti talablarini gidrogeologik, injener-geologik va geoekologik jihatdan ta’minlash; – fan va ta’limning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili asosida, shuningdek jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyasini ta’minlash hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya yo‘nalishlarida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning uzviy integratsiyalashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga iqtidorli talabalarni keng jalb etishni ta’minlash, ularni samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish; – malaka oshirish kurslari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti vositasi bilan malakali va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash. 2.2. Institut faoliyatiga muvofiq asosiy vazifalar: – o‘z vakolat doirasidagi geologik-qidiruv ishlarini rivojlantirish maqsadida yillik, o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab-chiqarishda qatnashish; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya masalalarini xal qilish uchun ilmiy tadqiqot, tematik va laboratoriya-texnologik ishlarning ustivor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, asoslash va amalga oshirish; – davlatning gidromineral resurslar potensialini baholash; – geologik qidiruv ishlarini qo‘yish uchun yer osti suvlarining bashoratli resurslarini baholash bilan istiqbolli maydonlarni ajratish; – yer osti suvlari konlarini qidirish, bashoratlash, izlash va baholash usullarini takomillashtirish; – yer osti suvlariga geologik-qidiruv ishlarini qo‘yish uchun, yangi istiqbolli maydonlarni ajratish uchun va geologik-qidiruv ishlarining tasdiqlangan dasturlariga binoan ishlarni amalga oshirish monitoringi uchun, bashoratlashning ilg‘or usullaridan foydalanish va chuqur tahlil qilish; – gidrogeologik ishlarning aniq obyektlari bo‘yicha bashoratlangan resurslarning obyektivligi va aniqligi haqida tizimli tahlil asosida xulosalar berish; – jadal texnogenezli tumanlarda, shahar va sanoat xududlarida injener-geologik, geoekologik tadqiqotlarni va xaritalashni o‘tkazish usullarini ishlab chiqarish; – har xil masshtablarda xaritalash va gidrogeologik, injenerlik-geologik va geoekologik tadqiqotlarni o‘tkazish; – ekologik audit va ekologik monitoring o‘tkazish; – yer osti suvlari, aeratsiya zonasi jinslari va tuproqlar ifloslanishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borish; – yer osti suvlarining mintaqaviy tadqiqotlarini va monitoringining ilmiy-uslubiy bazasini yuritish va ishlab-chiqarish; – davlat kadastrlarini (muhofazalangan tabiiy suvli va havfli geologik jarayonlar) va yer osti suvlarining davlat hisobini yuritish; – gidrogeologik xulosalar berish; – geologik-qidiruv tadqiqot ishlarini o‘tkazishda loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash; -suv quduqlari burg‘ilashga ruxsatnoma va suvdan (yer osti suvlaridan) maxsus foydalanishga ruxsatnoma berilishini kelishish; -suvga burg‘i quduq qazish va uni loyihalash xuquqi ruxsatnomasini kelishish; -atrof muxitga ta’sir arizasi (AMTA) loyixasi (ZVOS va ZEP) va boshqa ekologik normativ xujjatlar ishlab chiqish. – ilmiy va ilmiy-amaliy tadbirlarni (konferensiyalar, seminarlar va boshq.) o‘tkazish; -soha bo‘yicha ilmiy asarlarini tayyorlash va chop etish; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya sohalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy, amaliy masalalarni yechishda zamonaviy usullardan foydalanish; – fan va ta’limning uzviyligi va uzluksizligi tamoyili asosida, shuningdek jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyasini ta’minlash hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya yo‘nalishlarida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning uzviy integratsiyalashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga iqtidorli talabalarni keng jalb etishni ta’minlash, ularni samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.

3. Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari.

3.1. Asosiy vazifalarga muvofiq Institut: – o‘z vakolati doirasida yillik, o‘rta muddatli va uzoq muddatli geologik-qidiruv ishlari dasturini ishlab chiqarish va shakllantirishda qatnashadi; – ilmiy-tadqiqot, tajriba-uslubiyat, tematik va tajriba-konstruktorlik, geologik-iqtisodiy tadqiqot, nashriyot ishlarining, ilmiy va ta’lim tadbirlarining ustivor yo‘nalishini ishlab chiqadi va Geologiya fanlari universiteti bilan kelishadi; – O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer osti suvlari konlarining shakllanish sharoitlarini va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarni o‘tkazadi; – geologiya-qidiruv ishlarining kelgusi yo‘nalishlari bo‘yicha bashoratli resurslarni baholash va ilmiy-uslubiyatli tavsiyanomalar ishlab chiqarish yo‘li bilan yer osti suvlari konlarini bashoratlashni amalga oshiradi; – gidrogeologik, injenerlik-geologik va geoekologik ishlarni qo‘yish uchun bashoratlashning ilg‘or usullaridan foydalanish yo‘li bilan, chuqur tahlil asosida yangi istiqbolli maydonlarni ajratadi va tasdiqlangan dasturga binoan ularni amalga oshirish monitoringini yaratadi; – geologiya-qidiruv ishlarining obyektlari bo‘yicha bashoratli resurslarning aniqligi va obyektivligi haqida tizimli tahlilga asosan xulosalar berishni amalga oshiradi; – yer osti suvlari konlarini izlash, baholash va qidirish ishlarida zamonaviy usullarning oqilona majmuasini ishlab-chiqarishni amalga oshiradi; – o‘z vakolati doirasida, davlat budjeti hisobidan, geologik tekshirish uchun, yer maydonlaridan foydalanish huquqini berishda asos hisoblangan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi; – o‘z vakolati doirasida, Institut tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha bajarilayotgan tematik, tajriba-uslubiyatli, tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarning hisobotlarini tasdiqlaydi; – Institut ba’zasida hamkoriy organ hisoblangan Ilmiy kengash tuzadi, u Institutning va boshqa tashkilotlarning olimlaridan va yuqori malakali mutaxassislaridan tashkil topadi, ilmiy-tadqiqot, tajriba-uslubiyatli, tajriba-konstruktorlik, tematik va boshqa ishlarning yo‘nalishini belgilaydi, loyiha-smeta xujjatlarini, bajarilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobotlarni, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalarini va Institutning asosiy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi. Ilmiy kengash haqidagi Nizom Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilarni amalga oshiradi: – gidrogeologiya injenerlik-geologiyasi va geoekologiya shu jumladan meliorativ gidrogeologiya sohalaridagi tadqiqotlarni; -yer osti suvlari va ekologik monitoringi hamda kuzatuv burg‘i quduqlarini qayta tiklash va burg‘ilash ishlarini; – yer osti suvlari zahiralari baholash ishlarini; – yer osti suvlari ekspluatatsion zahiralarini xisoblash, qayta xisoblash va baholash; – yer osti suvlari zahiralarining ifloslanish va kamayish jarayonlarini o‘rganishni; – injenerlik geodinamika sohasidagi tadqiqotlarni; – ma’danli, termal va sanoat yer osti suvlarini o‘rganish; – ma’danli suvlardan tibbiyot gidrogeologiyasi, davolash-sog‘lomlashtirish va ekoturistik maqsadlarda foydalanishni o‘rganish, ularning kurort-dam olish holatlarini baholash; – foydali qazilma konlarining gidrogeologik va injener geologik sharoitlarini o‘rganishni; – shaharlar, sanoat zonalari va qishloq xo‘jalik maydonlarining ekologik sharoitlarini o‘rganishni; – yangi texnik vositalarini, yer osti suvlarini qidirish texnologiyalarini ishlab chiqishni va ulardan oqilona foydalanishni; – chuchuk yer osti suvlari zahiralarini sun’iy to‘ldirish va ularni ifloslanishdan himoyalash texnologiyalarini ishlab chiqishni, gidromineral xom-ashyoni qayta ishlash va ulardan foydalanishni; -tog‘ jinslarining fizik-mexanik xossalarini aniqlashni; -topogeodezik ishlarni yuritishni; -xaritalar tuzishni, ularni chop etishni; -qurilish va kapital ta’mirlashni; -tashkilot xodimlari uchun mo‘ljallangan turar joy binolarini qurish; -mulk va ashyolarni omborlarga joylash va saqlash; -moliya-buxgalteriya hisobi sohasidagi faoliyat; -yengil va yuk avtomobillariga texnik hizmat ko‘rsatish va ta’mirlash; – audio va video tasmalar, yozuvli elektron ma’lumotlar tashuvchi disklar ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish; -KNOW-HOW texnika texnologiyalarini yaratish va savdosini tashkil etish; -yuridik va jismoniy shaxslarga pullik hizmat ko‘rsatishni; -injenerlik geologiyasi va geofizika ishlarni; – qurilish ishlari uchun injener-geologik va gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish; -qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘itlar ishlab chiqishni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni; – mineral va ichimlik suvlarini quyish va bevosita iste’mol bozoriga chiqarishni; -O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya rivojlanish vazirligi orqali, O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir davlat fondlari, halqaro va chet el tashkilotlarining fondlari orqali moliyaviy yordam olayotgan loyihalar va grantlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni; – ilmiy ekspertizalarni o‘tkazishni, ilmiy bashoratlarni ishlab chiqishni va konsultatsion, informatsion, informatsiyali hisoblarni va injenerlik xizmatlarni ko‘rsatishni; -Institut ilmiy faoliyati natijalarini, shuningdek ilmiy-uslubiyatli materiallarni, uslubiyatli tavsiyanomalarni, monografiyalarni, ilmiy ishlar to‘plamlarini aks ettiruvchi nashriy ma’lumotlarni chop etishni, turdosh tashkilotlar hamda respublika miqyosidagi institut va korxonalar o‘rtasida ushbu nashrlarni taqsimlash (pullik va pulsiz shaklda) va mustahkamlashni; -O‘zbekiston va chet el davlatlar tashkilotlari, korxonalari bilan aloqalarni mustahkamlashni hamda o‘zaro tajriba almashish ishlarini olib borish; -halqaro ilmiy hamkorlikni va unda Institut ilmiy xodimlarining qatnashishini ta’minlashni; -Institut faoliyatidagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy xodimlarni tayyorlashni; -o‘quv kafedralarining filiallarini ochishni va o‘quv yurtlari talabalarini o‘qitishni, hamda ularning o‘quv ishlab-chiqarish va dala amaliyotlarini o‘tkazishni; – gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi, geofizika va geoekologiya yo‘nalishlarida talabalarni o‘qitish uchun Institut moddiy texnika bazasidan foydalanishini; – professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni Institut faoliyatida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot loyihalarga jalb qilishni; -berilgan ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bazalarini belgilangan tartibda yaratishni va tarqatishni; -Institut bo‘limlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni (xizmatlarni), jumladan tajribiy, ekperemental, innovatsion va boshqa mahsulotlarni realizatsiya qilishni; -Institutni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni; -xodimlarni ijtimoiy ximoyalovchi ish haqini ilg‘or harakat tizimini kiritishni; -Institut o‘z faoliyatini olib borish jarayonida o‘z xodimlarini maxsus kiyim bosh, oziq-ovqat maxsulotlari va boshqa ijtimoiy yordam vositalari bilan ta’minlash; -havfsiz mehnat sharoitlariga, yong‘in havfsizligi qoidalariga, sanitar va ekologik normalariga, yerni va boshqa tabiiy resurslarini himoyalovchi talab normalariga rioya qilishni ta’minlashni. 3.2. Institut, ruxsat berish yoki litsenziyalashni talab qiluvchi faoliyat turlarini, O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya olish vaqtidan boshlab amalga oshiradi.

4. Institut mulki.

4.1. Institut mulkining shakllanish manbalari quyidagilardir: – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Geologiya fanlari universiteti tomonidan Institut ixtiyoriga xo‘jalik yuritish xuquqi asosida topshirilgan mol-mulk; – yillik mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish dasturi doirasida budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar, dotatsiyalar; – Institut xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar; – qarz mablag‘lari, shu jumladan banklar va boshqa kredit beruvchi tashkilotlarning kreditlari; – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar. Institut mulkining qiymati Institutning mustaqil balansida aks ettiriladi. 4.2. Ko‘char va ko‘chmas mulkni Institut qonunchilikda belgilangan tartibda, faqat maqsadlari, predmeti va turlari ushbu Ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatidan mahrum qilmaydigan doirada tasarruf etadi. 4.3. Institut mulki bo‘linmas hisoblanadi va uni ulush (xissa, pay) sifatida, shuningdek muassasa xodimlari orasida taqsimlab bo‘lmaydi. 4.4. Institut mulkini tasarruf etish Geologiya fanlari universiteti bilan kelishgan holda quyidagi hollarda amalga oshiriladi: – asosiy vositalar va boshqa mulklarni sotish, hisobdan chiqarish xo‘jalik yurituvchi jamiyat ustav fondiga ulush sifatida kiritilishi; – xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning aksiyalarini (shuningdek ulushlarini) sotib olish; – Institut xo‘jalik yurituvchi jamiyatdagi aksiya (ulush)larini realizatsiya qilish (sotish); – Institut faoliyati maqsadlariga tegishli bo‘lmagan mulkni tasarruf etish. 4.5. Institut xususiy xo‘jalik faoliyati natijasida sotib olingan yoki ishlab topilgan mulkka, pul mablag‘lariga mustaqil ravishda egalik qilish, uni sotish, ijaraga berish, vaqtinchalik foydalanishga berish, eskirganligi munosabati bilan o‘z balansidan chiqarish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirishga xaqli. 4.6. Institutni ishlab chiqarish faoliyatidan topgan daromadlari hisobidan barcha majburiy to‘lov va soliqlar to‘lab bo‘lingandan keyin qolgan mablag‘lar uning foydasi hisoblanadi va butunlay uning tasarrufiga o‘tadi. 4.7. Institut ishlab chiqarish faoliyati davomida olgan daromadlari hisobidan sotib olingan mol-mulk uning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida balansda hisobga olinadi. 4.8. Institut o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mol-mulklari bilan javob beradi.

5. Institutning xuquq va majburiyatlari.

5.1. Institut o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: — Institutning tarkibiy bo‘linmalarini belgilangan tartibda tuzish, qaytadan tashkil qilish va tugatish; – Geologiya fanlari universiteti roziligi bilan tijorat va notijorat tashkilotlar qatnashchisi (a’zosi) bo‘lishi mumkin, bunda qonunga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishi ruhsat etiladi; – Davlat geologiya qo‘mitasi, shuningdek, Geologiya fanlari universitetining alohida muhim (yoki yirik) topshiriqlarini bajarish uchun, zarur bo‘lganda, tarmoqning, shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan muvaqqat ishchi guruhlarini (mehnat jamoatlarini) tuzish; – belgilangan tartibda ikki tomonlama manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish; – o‘rnatilgan tartibda xalqaro hamkorliklarni amalga oshirish, olimlar va mutaxassislarni chet davlatlarga xizmat safarga yuborish, chet el olimlarini, xalqaro ijtimoiy, moliyaviy va iktisodiy tashkilotlarning vakillarini, soxa buyicha chet el firmalari va kompaniyalarining vakillarini taklif qilish va qabul qilish; – asosiy ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar, shu jumladan xalqaro tadbirlar o‘tkazish loyixasini tuzadi va amalga oshiradi; – dissertatsiyalar ximoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tuzishga taklif kiritadi va ularning ish faoliyatini ta’minlaydi; – yuridik va jismoniy shaxslar bilan, O‘zbekiston Respublikasining qonuniga, ushbu Ustaviga, Institut faoliyatining maqsad va predmetiga zid bo‘lmagan barcha turdagi shartnomalarni tuzish; – umumiy ovqatlanish punktlarini (oshxonalar, bufetlar, savdo shaxobchalari) tashkil qilish; – Davlat geologiya qo‘mitasi, shuningdek, Geologiya fanlari universitetining tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘rtasida moliyaviy zarurat bo‘lganda qarz (zayom) munosabatlariga kirishish (qabul qilib olish hamda ko‘mak berish foizsiz shaklda); – moddiy texnik ta’minotni amalga oshirish; – qimmatbaho qog‘ozlar bozorida ishtirok etish; – kapital ta’mirlashni, jumladan xo‘jalik yuritish usuli bilan ishlab-chiqarishni kengaytirish, qayta qurish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish; – O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish. 5.2. Institut majburiyatlari: – Geologiya fanlari universitetiga belgilangan shakl bo‘yicha biznes-rejani taqdim etish, ishlarni bajarishda hajm va limitlar o‘zgartirilsa ularga tuzatishlar kiritish; – belgilangan muddatda statistik va tezkor buxgalteriya hisobotlarini, boshqa ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasi va Geologiya fanlari universiteti talabi bo‘yicha taqdim etish; – ushbu Ustavga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnikalar, asbob-uskunalar, apparaturalar va asosiy texnologik materiallarni sotib olish bo‘yicha Geologiya fanlari universitetiga takliflar kiritish; – davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash.

6. Institutni boshqarish.

6.1. Институт бошқаруви директор томонидан амалга оширилади. У Геология фанлари университети томонидан шартнома асосида лавозимга тайинланади ва озод қилинади. Директорнинг хуқуқ ва мажбуриятлари Ўзбекистон Республикасининг меҳнат қонунлари, ушбу Устав, шунингдек, Геология фанлари университети билан тузилган меҳнат шартномалари асосида тартибланади. 6.2. Директор Институтнинг якка ижроия органи ҳисобланади ва Институт олдига қўйилган вазифаларни бажаришни ташкил қилади, ишончномасиз Институт номидан ҳаракат қилади, жумладан, унинг манфаатларини тақдим қилади, белгиланган тартибда Институт номидан битим тузади. 6.3. Директор, Геология фанлари университети буйруғи билан тайинланган ўринбосарларга эга бўлиши мумкин. Ўринбосарларнинг ҳуқуқ доирасини Институт директори белгилайди. 6.4. Меҳнат шартномаси асосида, Институт директори ва ходимларнинг ўзаро муносабатлари Ўзбекистон Республикасининг меҳнат қонунлари ва жамоа шартномаси орқали тартибга солинади. 6.5. Институт илмий ва раҳбар ходимлари ойлик маоши Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2009 йил 18 августдаги “Илмий ходимлар меҳнатини янада рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 233-сонли қарори, асосида ва Университет Уставида кўрсатилган базавий лавозим маоши миқдорига мувофиқ белгиланади. 6.6. Институт инженер-техник ва ишчи ходимлар ойилик маошлари Давлат геология қўмитаси тизимида меҳнатга ҳақ тўлашнинг ягона тариф сеткасига мувофиқ белгиланади. 6.7. Институт ходимига лавозим маоши (ставка) ўз функционал вазифаларини ҳамда меҳнат шартномасида назарда тутилган ишларни бажарганлиги учун тўланади. Қўшимча маош, устама ва бошқа моддий рағбатлантириш тадбирларининг ҳажмини институтнинг хўжалик шартномаларидан ҳосил бўлган фойда ҳисобидан қонунчиликда белгиланган тартибда ва ҳажмда амалга оширади.

7. Institut direktorining huquqi va majburiyati.

7.1. Institut direktori: – o‘z huquq doirasida Institut mulkini boshqaradi, shartnomalarni, mehnat shartnomalarini (shartnoma asosida bitimlarni kiritib) tuzadi, qonunda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi; – banklarda hisob-kitob va boshqa hisoblarni ochadi; – Institutning barcha mablag‘larini boshqarish huquqidan foydalanadi; – Geologiya fanlari universiteti bilan kelishilgan holda Institut xodimlarining shtat sonini va ularning ish haqi miqdorini tasdiqlaydi; – buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi; – Institut doirasidagi dalolatnomalarni tasdiqlaydi, Institutning barcha xodimlari uchun majburiy ko‘rsatmalar beradi; – Geologiya fanlari universitetiga direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etadi; – Institut xodimlarining kafolatlangan mehnat sharoitlarini va ijtimoiy himoyalash choralarini ta’minlaydi, ishlab topilgan mablag‘lar doirasida boshqa ijtimoiy imtiyozlarni belgilaydi; – O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 7.2. Institut direktori Geologiya fanlari universiteti oldida Institutning faoliyati haqida hisobot beradi. 7.3. Institut direktori o‘z huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirishda Institut manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagilarga javobgardir: – budjet va budjetdan tashqari fondlarning o‘z vaqtidagi to‘lovlariga; – ish haqini to‘lanishiga; – Institut xodimlari bilan yuzaga kelgan mehnat huquq munosabatlarining barcha talablarini qondirilishiga; – ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larini ehtiyojlar uchun o‘tkazishga; – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki sog‘liqqa zarar keltiruvchi boshqa shikastlanish natijasida Institut xodimlariga yetkazilgan zararlarga; – o‘zining harakatlari (harakatsizligi) tufayli Institutga yetkazilgan ziyonlarga, jumladan Institutga berilgan davlat mulkini yo‘qotish hodisalariga.

8. Institutning filial va vakolatxonalari.

8.1. Geologiya fanlari universiteti bilan kelishuv bo‘yicha vakolatxonalar, filiallar va boshqa yakkalangan bo‘linmalar ochishi, ularni Institut balansida va alohida balanslarda hisobga olib, mulkka aylantirishi mumkin. Institut tarkibiga tizimli bo‘linmalar kirishi mumkin. 8.2. Vakolatxonalar, filiallar va boshqa yakkalangan bo‘linmalar, Institut tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan, Institut nomidan harakat qiladilar. 8.3. Institut filiallari yoki tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Institut direktori tomonidan tayinlanadilar va uning ishonchnomasi asosida harakat qiladilar. Filial rahbari yoki vakolatxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tugatilganda, Institut direktori tomonidan ishonchnoma bekor qilinishi lozim.

9. Institutning javobgarligi.

9.1. Institut o‘z majburiyatlari bo‘yicha, o‘ziga tegishli mulklar barcha mulklari bilan javobgardir. Institut majburiyatlari bo‘yicha, uning mulki yetarli bo‘lmaganda, Geologiya fanlari universiteti subsidiar javobgardir. 9.2. Institut Geologiya fanlari universiteti majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas. 9.3. Filiallar va vakolatxonalar majburiyatlari bo‘yicha Institut subsidar javobgardir.

10. Institut faoliyatini nazorat qilish.

10.1. Institut hisobot davri tugatilishi bo‘yicha, qonunchilikda belgilangan ro‘yhatga binoan, vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi, hujjatlarni ehtiyot qilinishiga va ularni belgilangan tartibda saqlanishiga javob beradi. Institut, o‘rnatgan shakl va tartibga binoan, asosiy ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha Geologiya fanlari universitetiga hisobot beradi. 10.2. Geologiya fanlari universiteti oldidagi kelishilgan majburiyatlarni bajarilishi ustidan nazorat, Geologiya fanlari universitetining tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 10.3. Institut faoliyatini xo‘jalik yurituvchi organ sifatida nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida o‘rnatilgan tartibda, Geologiya fanlari universiteti va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

11. Qayta tashkillashtirish va tugatish.

Institutni qayta tashkillashtirish (qo‘shish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) va tugatish Geologiya fanlari universiteti qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda, kelishuvga muvofiq yoki sud qarori bo‘yicha o‘tkaziladi.

12. Ustavni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

12.1. Institut Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Geologiya fanlari universiteti buyrug‘iga binoan kiritiladi. 12.2. Institut Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartib va muddatlarda ularni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga taqdim